Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya atom bombasi yaratilishi haqidagi «Oppengeymer» filmi ijodkorlariga berilgan Oskardan g‘azabda

Yaponiya atom bombasi yaratilishi haqidagi «Oppengeymer» filmi ijodkorlariga berilgan Oskardan g‘azabda

Yaponiya fuqarolari 78 yil avval Xirosima va Nagasakini vayron qilgan atom bombasi ishlab chiqilishi haqidagi Oppengeymer filmi ijodkorlariga berilgan Oskar mukofotidan norozi.

Ikkinchi jahon urushi davrida yadroviy qurolni maxfiy ravishda ishlab chiqish bo‘yicha Manxetten loyihasiga rahbarlik qilgan amerikalik nazariy fizik Robert Oppengeymerning hayoti haqidagi biografik film jahon prokatida 954 million dollar yig‘di.

O‘tgan dam olish kunlari film 1940 yillardan beri «Oskar» deb nomlanuvchi Kino san’ati va fanlari akademiyasining yettita mukofoti bilan taqdirlandi.

Bir guruh olimlar tomonidan atom bombasini yaratish jarayoni haqida hikoya qiluvchi film 2023 yil iyul oyida ko‘plab mamlakatlarda namoyish etilgan.

Biroq, Xirosima va Nagasakidagi atom bombalaridan so‘ng yadroviy qurol hujumlaridan omon qolgan dunyodagi yagona davlat bo‘lgan Yaponiyada film oy oxirigacha namoyish etilmaydi.

Bu kechikish film syujeti va taqdimoti atrofidagi muhokamalar va bahslar bilan bog‘liq. Yaponiyada film insoniyat atom bombasini yaratish uchun to‘lagan bahoni yashirgani uchun tanqid qilinadi.

Yaponiya fuqarolari «Oppengeymer» filmi ijodkorlariga nufuzli mukofotlar topshirilganidan ham norozi.

Faqat familiyalarni aytishga rozi bo‘lgan yaponlarning aksariyati Anado‘lu agentligiga film faqat 29 mart kuni chiqishini va reytinglar hali ahamiyatli emasligini aytdi.

Kiritildi: 21:55 13.03.2024. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!