Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangiyo‘lda «gashish», Ohangaronda esa dorifurushlar ushlandi

Yangiyo‘lda «gashish», Ohangaronda esa dorifurushlar ushlandi

Bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1 kgdan ziyod «gashish» va 1883 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining savdosiga qarshi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazishdi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro xaridorga 1 kg. 12 gr.«gashish» giyohvandlik moddasini 13 000 AQSh dollariga sotishni kelishib oladi. Keyin esa Yangiyo‘l tumanidagi mehmonxonada kelishilgan mablag‘dan 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ko‘zdan kechiruv jarayonida esa fuqarodan 1 kg.dan ziyod «gashish» narkotik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan DXX vakillari bilan xamkorlikda Ohangaron shahrida ham tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ushbu jarayonda xodimlar tomonidan «Spark» rusumli avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yuk xonasidagi ovoz kuchaytirgich ichidan 841 dona «Zardeks» va 1042 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.

O‘rganishlar davomida ushbu moddalar avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan 3 nafar fuqaroga tegishli ekanligi, ular bu dorilarni Ohangaron shahriga sotish maqsadida olib ketishayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: Bugun 20:45. O'qildi: 216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!