Eron bilan urush yana kamida ikki hafta davom etishi mukin, ammo bu “oyatullohlar rejimi”ning ag‘darilishiga olib kelishi ehtimoli juda past, deb yozmoqda Ynet.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Eronga qarshi amaliyotning ilk kunlaridagi eyforiya o‘rnini umidsizlik egallagan.
"Erondagi hukumat barqarorligicha qolmoqda, mamlakat ichida qo‘zg‘olon ko‘tarilishi yoki hokimiyatning tezda almashishi ssenariylarining ehtimoli kam ko‘rinmoqda", deya yozmoqda Ynet.
Nashrning qayd etishicha, Binyamin Netanyahu allaqachon Isroil jamiyatini urush Eronning amaldagi rejimi qulamasa ham yakunlanishi mumkinligiga tayyorlay boshlagan.
Ayni paytda Isroil manbalari kampaniyani qachon tugatish haqidagi yakuniy qaror oxir-oqibat AQSh prezidenti Donald Trampga bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.