Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasi boshlanganidan beri eronlik hamkasbi Masud Pezeshkian bilan ikkinchi telefon suhbatini o‘tkazdi.
Bu haqda Eronning " Khabar Fouri" gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suhbat Rossiya rahbarining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Telefon qo‘ng‘irog‘i davomida tomonlar mintaqadagi voqealar bo‘yicha fikr almashishdi.
Rossiya prezidenti "Eronga zarur yordamni yuborishga" va mintaqadagi mojaroga tezroq chek qo‘yish uchun barcha mumkin bo‘lgan yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.