Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yangi Zelandiyada o‘zgacha ko‘rinishdagi masjid quriladi

Yangi Zelandiyada o‘zgacha ko‘rinishdagi masjid quriladi

Yangi Zelandiyaning Palmerston-Nort shahrida yangi masjid barpo etiladi, deya xabar bermoqda Islam.ru.

Shahardagi mavjud masjid ayniqsa juma va hayit kunlari namozxonlari sig‘dira olmay qolgan. Bu tanqislik Kraystcherch shahri masjidlaridagi teraktdan so‘ng ortdi, chunki o‘sha mash’um hodisa ortidan Islomga qiziqish bildiruvchilar soni ko‘paydi.

Yangi masjidning ko‘rinishida mahalliy maori xalqi madaniyatiga xos an’analardan foydalaniladi. Oxirgi paytda aynan maorilar orasida musulmonlikni qabul qiluvchilar soni ortgan.

Yangi masjid qurilishi uchun 4 million dollar sarflanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:27 11.09.2019. O'qildi: 2016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!