Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangi zamonaviy suzish havzalarini qurish xarajatlari qoplab beriladi

Yangi zamonaviy suzish havzalarini qurish xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (29-son, 27.01.2026 y.) bilan “Yangi zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

💰 Ushbu reglamentga muvofiq, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan dastlabki 100 ta suzish havzasini qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

✅ Bunda mablag‘lar 2026 yil 1 fevraldan 2028 yil 1 yanvargacha suzish havzalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizigacha, lekin 100 mln so‘mdan oshmagan qismi uchun ajratiladi.

📝 Talabgor quyidagi talablarga javob berishi lozim:

▪️ soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;
▪️ qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi;
▪️ faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lmasligi;
▪️ sud qarori asosida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bo‘lmasligi.

🗒 Talabgor xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP orqali Turizm qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

☑️ Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️ suzish havzasining loyiha hujjatlari nusxasi;
▫️ suzish havzasini qurish va ishga tushirish uchun tuzilgan pudrat shartnomasi nusxasi;
▫️ shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi elektron hujjat nusxalari.

⌛️ Qo‘mita xarajatlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida mablag‘lar talabgorning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Kiritildi: Bugun 17:29. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!