Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Yangi O‘zbekiston» universitetining baholash tizimi boshqa oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi

«Yangi O‘zbekiston» universitetining baholash tizimi boshqa oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi

Oliygohlarni moliyalashtirish to‘plagan balllariga bog‘lanadi va «Yangi O‘zbekiston» universiteti baholash tizimi butun oliy ta’lim tizimida joriy etiladi. Shuningdek, rektorlarga «super» kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.

Qiymati qiymati 1 million dollardan yuqori va kamida 50 ishchi qatnashadigan loyihalar texnik-iqtisodiy asosida sohalar kesimida kadrlar ehtiyoji ko‘rsatiladi. Shu asosda vazirlik va tarmoq rahbarlari oliygohlarga buyurtma berib, maqsadli kadrlar tayyorlaydi. Buyurtma asosida o‘qiyotgan talabalar qo‘shimcha modullar o‘qib, kredit ballari oladi. Ikkinchi kursdan so‘ng ularning bilimi investor ishtirokida baholanib, diplom ishlari loyiha vazifalari asosida himoya qilinadi. Ehtiyojga mos bitiruvchilar investor tomonidan kafolatli ishga olinadi.

Xususiy sektorda byurokratiya sabab bo‘sh ish o‘rinlari to‘liq ko‘rsatilmayotgani sabab, bitiruvchilarni ishga joylashtirishda tadbirkorlar uchun qulay tizim yaratiladi. Platformada bo‘sh o‘rinlar mutaxassislik yo‘nalishi bilan kiritiladi, «karyera markazi» bitiruvchilarni ish beruvchi bilan bog‘laydi. Ishga olgan tadbirkor qo‘shimcha ball, bitiruvchilarning yarmidan ko‘pini joylashtirgan karyera markazi esa 500 million so‘m mukofot oladi.

Oliygohlarda «Yangi O‘zbekiston» universiteti baholash tizimi joriy etilib, moliyalashtirish to‘plagan ballga qarab amalga oshiriladi. Balllar bitiruvchilar bandligi (40), tarmoq buyurtmasi va mahsulot sotishi (30), ilmiy salohiyat va xalqaro maqolalar (20), grant jalb etish (10) ko‘rsatkichlariga asosan beriladi. Ball yuqori bo‘lsa byudjet mablag‘lariga qo‘shimcha bonus beriladi, past bo‘lsa moliyalashtirish qisqaradi.

Yangi tartibga ko‘ra, rektorlar tashkiliy va akademik mustaqillikka ega bo‘ladi. Ular o‘rinbosarlarini o‘zlari tayinlaydi, nomzodlar oliygoh kengashida dasturini himoya qiladi. Rektorlar professor-o‘qituvchi va boshqaruv shtati taqsimoti, hamda «super» kontrakt summasini belgilash huquqiga ega bo‘ladi. Rektorlar maktabi orqali tayyorlangan nomzodlardan eng yaxshilari malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

Kiritildi: 19:27 08.08.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!