Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan musiqali favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra, zamonaviy favvora majmuasi musiqa va yorug‘lik uyg‘unligi asosida ishlaydigan bo‘lib, aholi va sayyohlar uchun dam olish maskaniga aylanishi kutilmoqda. U yerda kechki shou dasturlar, interaktiv suv inshootlari hamda zamonaviy yoritish tizimlari joriy etiladi.
Majmua Yangi Toshkentning arxitekturaviy qiyofasini boyitish, shaharning jozibadorligini oshirish va aholi uchun yangi madaniy hordiq hududini yaratishga xizmat qiladi.