Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron urushni tugatish uchun AQShga ultimatum qo‘ydi

Eron urushni tugatish uchun AQShga ultimatum qo‘ydi

Eron urushni tugatish uchun Qo‘shma Shtatlarga besh bandlik ultimatum qo‘ydi.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbaga tayanib xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Vashingtondan unga Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni va boj yig‘ish huquqini berishni, kelajakda tajovuz qilmaslik kafolatlarini, Isroilning Hizbullohga qarshi hujumlarini to‘xtatishni, Amerika bazalarini Fors ko‘rfazidan olib chiqishni va Tehronga moliyaviy kompensasiya to‘lashni talab qilmoqda.

Prezident Donald Tramp ilgari Eronga shart qo‘ygan edi: agar Hormuz bo‘g‘ozi 48 soat ichida to‘liq ochilmasa, AQSh mamlakatning elektr stansiyalarini yo‘q qilishni boshlaydi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!