Eron Oliy Rahbari Mojtaba Xomeneyning harbiy maslahatchisi, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) sobiq qo‘mondoni va Maqsadga muvofiqlik kengashi a’zosi Mohsen Rizoiy mamlakatdagi urushni tugatish uchun uchta shartni aytib o‘tdi.
Rizoiy bu xabarni IRINN (Eron Milliy radio va televideniye tarmog‘i)ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Rizoiy urush barcha zararlar qoplanmaguncha, barcha iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinmaguncha va AQSh Eronning ichki ishlariga aralashmasligi kafolatlanmaguncha davom etishini aytdi.
"Bu bizning xalqimiz, yetakchimiz va qurolli kuchlarimizning qarori", dedi harbiy maslahatchi va AQSh "47 yil davomida Eron iqtisodiyotini puchga chiqarganini" va uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilganini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning dushmanlari mamlakatni besh qismga bo‘lishni xohlashadi.
"AQSh Venesuela singari Bushehr, Xuziston va Ilam (Eron viloyatlari)ni neft zaxiralari bilan egallab olmoqchi", deb fikr bildirdi Rizoiy.