Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQSh bazalariga qilingan hujumlarda birinchi marta "Zulfiqor" raketasidan foydalanganini e’lon qildi

Eron AQSh bazalariga qilingan hujumlarda birinchi marta "Zulfiqor" raketasidan foydalanganini e’lon qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqadagi Amerika bazalariga zarba berish uchun birinchi marta "Zulfiqor" qattiq yoqilg‘i ballistik raketalaridan foydalanganini e’lon qildi.

Bu haqda Mehr nashri IIQK bayonotiga tayanib xabar tarqatdi.

"Haqiqiy va’da 4" operasiyasi doirasida 76 va 77-to‘lqinlardagi hujumlar paytida IIQK mintaqadagi Amerika manfaatlari va bazalariga zarba berish uchun birinchi marta qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan "Zulfiqor" raketalaridan foydalangan", deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar Al-Dhafra (BAA), Viktoriya (Iroq), AQShning 5-floti shtab-kvartirasi (Bahrayn), Ali As-Salim (Quvayt) va Al-Xarj (Saudiya Arabistoni)dagi Amerika bazalariga "muvaffaqiyatli zarba bergan".

"Zulfiqor" - bu Eronning bir bosqichli, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan, qisqa masofali ballistik raketasi bo‘lib, 300-700 km masofadagi nishonlarga zarba berishga qodir.

Ommaviy ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi modellar elektro-optik yo‘naltirish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, operatorlarga nishonlarga oxirgi yaqinlashish paytida raketalarni boshqarish imkonini beradi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!