Eron Isroil havo kuchlarining Tel-Nof aviabazasiga hujum qildi va shuningdek, Iordaniyadagi Al-Azraq aviabazasida joylashgan Amerika F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlariga zarba berdi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi Eron harbiy matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlarda dronlar ishlatilgan.
"Bugun tongdan boshlab Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari mamlakatning turli hududlaridan Isroil havo kuchlarining Tel-Nof aviabazasiga, shuningdek, Al-Azraq aviabazasidagi Amerika F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarining bazalariga zarba berish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini joylashtirdi", deyiladi bayonotda.