Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yangi rekord: Toshkentda ayol eriga 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Yangi rekord: Toshkentda ayol eriga 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Fuqaro 6, 4 va 3 yoshdagi farzandlari bilan turmush o‘rtog‘i bilan birga tinch-totuv yashab kelar edi, biroq vaqt o‘tib o‘zaro kelishmovchilik sababli, ular ajrashishga qaror qilishdi.

Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.R. dan, undiruvchi R.R. foydasiga 3 nafar farzandlarining ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi.

Dastlab, ijro harakatlari davrida, qarzdor D.R. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurdi va qarzdorga nisbatan sud tomonidan ham jarima jazosi qo‘llanildi. Hattoki, davlat ijrochilari aliment qarzdorligi bartaraf etilmasa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqida rasmiy ogohlantiriladi.

Shunda qarzdor shaxsning yaqinlari unga yordam berishga kirishdi, chunki qarzdor xorij davlatiga davolanish uchun ketishi kerak va unga o‘z navbatida, xorijga chiqish uchun MIB taqiqi ham xalaqit berayotgan edi.

Shundan so‘ng, qarzdor shaxs alimentni farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan qarzdorligini oldindan to‘lash istagini bildirdi va MIB davlat ijrochilari 2023 yildan 2039 yilga qadar 3 nafar farzandlarning aliment to‘lovi 1 mlrd. 748 mln. 902 so‘m bo‘lishni bildirishdi. Va nihoyat, qarzdor shaxs aliment pullarini oldindan, ya’ni farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan, jami 1 mlrd. 748 mln 750 ming so‘m aliment pullarini to‘lashini bildirgan va undiruvchiga tilxat asosida topshirilgan.

Biz ushbu xabar bo‘yicha MIB axborot xizmati rahbari bilan bog‘langanimizda, aliment to‘lovchi shaxsga oid ma’lumotlarni to‘liq ochiqlamadi, bunga tomonlar xohish bildirishmabdi. Biroq insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, u ayol kishi va Turkiyada davolanishi lozim bo‘lgan.

MIB tarixida yirik aliment to‘lovlari - Buxoroda 810 mln. so‘m (2020 yil, sentyabr) Toshkent shahrida 800 mln. so‘m (2021 yil, iyul) va Andijon viloyatlarida 547 mln.so‘m (2024 yil, avgust) miqdorida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 12:55 12.09.2024. O'qildi: 4782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!