Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangi bosh murabbiy Srechko Katanesning qachon O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘ldi

A A A
Yangi bosh murabbiy Srechko Katanesning qachon O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘ldi

O‘FA milliy terma jamoa ustozi borasida bir qarorga keldi, yangi bosh murabbiy 18 avgustda Toshkentga keladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakat milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi.

Jumladan, bir qator xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislarning tahlili va tavsiyasiga ko‘ra yakunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga sloveniyalik tajribali mutaxassis Srechko Katanes nomzodi ma’qul, deb topildi.

O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan haftada, aniqrog‘i 18 avgust kuni Srechko Katanes o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:30 15.08.2021. O'qildi: 3384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!