Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Yangi aeroport hududida yangi loyihalar va qurilish ishlari cheklanadi

Yangi aeroport hududida yangi loyihalar va qurilish ishlari cheklanadi

Yangi aeroport uchun mo‘ljallangan hududda mavjud mulklar qiymatining asossiz oshishini oldini olish maqsadida bir qator cheklovlar joriy etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda mazkur hududda yer uchastkalarini yangi foydalanuvchilarga taqsimlash, huquqni rasmiylashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini olib borish vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, hudud to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, turar va noturar binolar hamda qishloq xo‘jaligi yerlari egalariga yetkaziladigan zararni qoplash uchun kompensasiya miqdori aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari yaqinda yangi aeroport qurilish ishlarini rasman boshlab bergan edi. Aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1 300 gektar maydonda qurilmoqda.

Kiritildi: 13:41 05.11.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!