Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda ayollarga "ko‘perlilik"ni qonuniylashtirish taklif qilindi

Qozog‘istonda ayollarga "ko‘perlilik"ni qonuniylashtirish taklif qilindi

Qozog‘istonda yaqinda deputat Abzal Kuspan tomonidan ko‘p xotinlilikni qonuniylashtirish haqidagi taklif jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otgan edi. Bugun esa senator Janna Asanova bu tashabbusni keskin tanqid qildi.

Endi prodyuser Bayan Alaguzova ham o‘z fikrini bildirdi va javoban ko‘p erlilikni qonuniylashtirishni taklif qildi:

«Nega yo‘q? Erkaklarga bo‘ladi-yu, ayollarga bo‘lmaydimi? Biz dunyoviy davlatda yashaymiz, qonun bo‘yicha tenglik mavjud. Vakolatli shaxs shariat bo‘yicha yashashni taklif qilayotgani nimani anglatadi o‘zi?» — deb yozdi Alaguzova o‘zining Instagram sahifasida.

Kiritildi: Bugun 17:28. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!