Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasi. «Barselona» gollar shousiga aylanib ketgan o‘yinda «Bryugge»ni mag‘lub eta olmadi (VIDEO)

Chempionlar ligasi. «Barselona» gollar shousiga aylanib ketgan o‘yinda «Bryugge»ni mag‘lub eta olmadi (VIDEO)

"Bryugge" va "Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda durang qayd etdi - 3:3.

O‘yin boshidayoq jamoalar tezkor gollar almashishdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Karlush Borjesh belgiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi, biroq deyarli darhol Borjesh dublni rasmiylashtirdi. 77-daqiqada kiritilgan avtogol evaziga kataloniyaliklar javob golini kiritishdi. O‘yin oxirida "Bryugge" to‘rtinchi golni urdi, ammo hakam videotakrorlarni ko‘rib, golni bekor qildi.

"Barselona" ochkolarini 7taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bryugge" esa 4 ochko bilan 22-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 04:13 06.11.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!