Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilmoqchi

AQSh Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilmoqchi

Senator Jeyms Rish AQSh Kongressida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Senatorning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari «o‘ta murakkab geosiyosiy qurshovda» qolgan.

«Bugun bu yerga yig‘ilgan yetakchilar murakkab geosiyosiy muhitda bo‘lgan davlatlar vakillaridir. Biz buni tushunamiz. Sizlar qudratli mamlakatlar o‘rtasida qolgan buyuk millatlarsiz. Bugungi uchrashuv hamkorligimizni mustahkamlash va mamlakatlaringiz o‘z taqdirini o‘zi belgilashini ta’minlash uchun imkoniyatdir», - dedi u.

«Beqaror Rossiya va tobora tajovuzkor bo‘lib borayotgan Xitoy o‘z milliy manfaatlarini butun dunyo bo‘ylab, ko‘pincha qo‘shnilari hisobidan ilgari surayotgan bir paytda, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlariga ishonchli sherik bilan hamkorlik qilish va o‘zaro iqtisodiy rivojlanish uchun haqiqiy imkoniyatni taklif qilmoqda».

Senator, shuningdek, Kongressga AQShning C5+1 formatidagi hamkorlar bilan iqtisodiy hamkorligidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi kiritilganini ma’lum qildi:

«Ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida men senator [Stiv] Deyns va hamkasblarim bilan birgalikda shu hafta C5+1 formatidagi hamkorlarimiz bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi eskirgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdim. Gap Jekson-Venik tuzatishi cheklovlarini bekor qilish haqida ketmoqda».

Bu tuzatish sovuq urushning qoq cho‘qqisida, 1974 yilda qabul qilingan. Bu tuzatish AQShning «Savdo to‘g‘risidagi qonuni»ga kiritilgan bo‘lib, inson huquqlari buzilayotgan davlatlar bilan savdo munosabatlarini o‘rnatishda cheklovlar kiritilishini ko‘zda tutadi. Ikki kongressmen – Henri Jekson va Charlz Venikning tashabbusi bilan, o‘sha 1974 yilda SSSRdagi inson huquqlari buzulishi, jumladan sovet fuqarolariga emin-erkin ko‘chib ketish huquqi berilmayotganiga qarshi, jazo chorasi sifatida ushbu tuzatish kiritilgan edi.

AQSh Bosh kotibi Marko Rubio bu tuzatishni «eskilik sarqiti» deb atagan va uni bekor qilish kerakligini aytgan.

Kiritildi: 17:12 06.11.2025. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!