Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasi. Abduqodir Husanov zaxirada qolgan o‘yinda «Manchester Siti» «Borussiya D»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (VIDEO)

Chempionlar ligasi. Abduqodir Husanov zaxirada qolgan o‘yinda «Manchester Siti» «Borussiya D»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (VIDEO)

"Manchester Siti" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Borussiya" Dortmundni mag‘lub etdi - 4:1.

Mezbonlar safida Fil Foden dublga erishdi, Erling Xoland va Rayan Sherki bittadan gol urdi. Mehmonlarning yagona goliga Valdemar Anton mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘yinni zaxiradan kuzatib bordi.

"Manchester Siti" ECHL umumiy turnir jadvalida 10 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, "Borussiya" 7 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda "Manchester Siti" o‘z maydonida "Bayer"ga qarshi bahs olib borsa, "Borussiya" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 04:17 06.11.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!