Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Trampda demokratlarning hokimiyatga “qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik” rejasi bor!

 Trampda demokratlarning hokimiyatga “qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik” rejasi bor!

Bu haqda The Insider xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, AQSh prezidenti bu haqda Respublikachilar partiyasi a’zosi bo‘lgan senatorlar bilan nonushta chog‘ida ma’lum qilgan.

"Agar Respublikachilar partiyasi qonun loyihalarini muhokama qilishni boshlash uchun minimum 60 ovoz talab qiladigan “filibaster qoidasi”ni bekor qilsa, biz zarur bo‘lgan barcha qonunlarni qisqa muddatda qabul qila olamiz", — dedi siyosatchi.

"Agar biz men aytayotgan ishni qilsak, demokratlar ehtimol, hech qachon hokimiyatga qayta olmaydi, chunki biz mamlakatning kelajagi uchun zarur bo‘lgan barcha qonunlarni qabul qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Shu bilan birga, prezident respublikachilar uchun so‘nggi saylovlar, jumladan, Nyu-York shahridagi natijalar muvaffaqiyatsiz bo‘lganini tan oldi. Trampning aytishicha, AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan byudjet inqirozi (shatdaun) respublikachilarga demokratlarga qaraganda ko‘proq zarar yetkazgan.

Kiritildi: 12:01 06.11.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!