Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yana xushxabar! Xorazmda 33 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi: u Rossiyadan kelgan

A A A
Yana xushxabar! Xorazmda 33 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi: u Rossiyadan kelgan

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Sog‘aygan 33 yoshli bemor joriy yil 22 mart kuni charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga kelgan va karantinga olingan edi. Unda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Tuzalgan fuqaro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

 

Kiritildi: 15:54 16.04.2020. O'qildi: 2804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik