Toshkentda yangi qurilish bilan bog‘liq navbatdagi mojaro ortidan 200 nafar fuqaro o‘z mablag‘idan ayrilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining Vaqt.uzʼga ma’lum qilishicha ushbu ob’ekt bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ruxsatnoma va hujjatlar olinmagan.
Yangi uy uchun to‘lov qilib, belgilangan muddatda turarjoyga ega bo‘lolmagan va pullari ham qaytarib berilmagan fuqarolarning noroziliklari aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Ular «Strong Cities» kompaniyasiga umumiy hisobda 5 mlrd so‘m to‘lab, hali qurilishi tugallanmagan uylardan kvartira olmoqchi bo‘lishgan. Ammo ularning iddaosiga ko‘ra, qurilish ishlari to‘xtatilgan, kompaniya egalari esa g‘oyib bo‘lgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining Vaqt.uz’ ga ma’lum qilishicha, «Strong Cities» MCHJ Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Chilto‘g‘on mahallasi, Usta Olim 2-berk ko‘chasida qurilish ishlarini amalga oshirilgan. Biroq ushbu ob’ekt bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ruxsatnoma va hujjatlar olinmagan. Vazirlik mazkur voqea yuzasidan o‘zining rasmiy munosabatini ham e’lon qildi.
Unga ko‘ra, turarjoy ob’ekti qurilishida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qarori talablariga ko‘ra:
Shu bilan birga, ob’ektda faqat kadastr hujjatlari mavjudligi, qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish uchun esa zaruriy hujjatlar yo‘qligi aniqlangan. Natijada, «Strong Cities» kompaniyasiga belgilangan tartibda ogohlantirish xati yuborilib, qurilish va montaj ishlari to‘xtatilgan.
Munosabatda aytilishida, quruvchi tashkilot vakillari loyiha-smeta va boshqa tegishli texnik hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, to‘liq rasmiylashtirilgan holda qurilish ishlarini davom ettirilishini ta’kidlagan.
Shu o‘rinda eslatma: fuqarolardan uy-joy xarid qilishda ob’ektning barcha huquqiy hujjatlari va ruxsatnomalari mavjudligini sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi.