Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Senator bloger Chechenkaga chora ko‘rishni so‘radi

Senator bloger Chechenkaga chora ko‘rishni so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chechenka” taxallusi bilan tanilgan bloger kichik yoshdagi bolalarni o‘zaro urishtirgani aks etgan video tarqaldi.

Shundan so‘ng, senator Jamila Bobonazarova mazkur holatni keskin qoralab chiqdi.

“Bu sog‘lom onadan chiqadigan jarayon emas. Uning kuzatuvchilari asosan yosh bolali onalar ekan, bolalarning qo‘liga tiqili narsalar berib, bu tarzda targ‘ib qilish to‘g‘ri emas. Bunday kontentlarni tarmoqqa joylashni qoralayman”, — dedi senator va Bolalar ombudsmanini “Chechenka” faoliyatini tekshirishga hamda vaziyatni nazoratga olishga chaqirdi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, huquqiy baho berish maqsadida 14 iyul kuni IIVga rasmiy so‘rov yuborildi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB ma’lumotlariga ko‘ra, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi A.G. (1993 yilda tug‘ilgan) 13 iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish paytida kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini “hazil” tarzida urishtirgan va bu holat tasvirlangan videoni o‘z Instagram sahifasiga joylashtirgan.

2025 yil 15 iyul kuni fuqaro G.A. bola manfaatiga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatini bajarmaslik) bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Hozirda mazkur oila mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kiritildi: 23:25 16.07.2025. O'qildi: 11352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!