Bugun 26 noyabr, 2020 yil, payshanba

КИР

Yana 21 nafar: Qoraqalpog‘istonda 5 yashar bolakay koronavirusni yengdi

Yana 21 nafar: Qoraqalpog‘istonda 5 yashar bolakay koronavirusni yengdi

Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham  21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (15 nafari Nukus shahridan, 4 nafari Mo‘ynoq tumanidan, yana 2 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 64 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.
Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 29 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 50 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 91 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 880 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:35 27.04.2020. O'qildi: 2150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!