Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yana 12 nafar: Qoraqalpog‘istonda 2 yashar qizaloq koronavirusni yengdi

Yana 12 nafar: Qoraqalpog‘istonda 2 yashar qizaloq koronavirusni yengdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.
Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 50 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 62 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1017 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 15:05 29.04.2020. O'qildi: 2810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!