Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yana 10 ta hududda 220 nafar odamda koronavirus aniqlandi

A A A
Yana 10 ta hududda 220 nafar odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 24 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 667 (+220) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafardan Buxoro va Jizzax viloyatlarida, 12 nafardan Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 49 832 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 390 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:03 24.09.2020. O'qildi: 3055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!