"Bir necha soat davom etgan hujumda ballistik va qanotli raketalar hamda dronlar qo‘llandi. Ushbu hujumdan so‘ng amerikaliklarning harbiy samolyotlari ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Aviatashuvchi va unga hamrohlik qilayotgan kemalarga qilingan hujum Qo‘shma Shtatlarning Yamanga qarshi tajovuziga javob sifatida amalga oshirildi", deyiladi husiylarning bayonotida.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi hujumlar haqidagi xabarga izoh bermadi. 17 martga o‘tar kechasi e’lon qilingan bayonotda 15 mart kuni Qo‘shma Shtatlar harbiylari tomonidan husiylarga qarshi boshlangan operasiya davom etayotgani xabar qilingan.
Pentagon vakilining Fox News’ga ma’lum qilishicha, Amerika harbiy kemalari husiylarning aviatashuvchi zarba guruhi tomon yo‘naltirilgan 10 dan ortiq dronlarini "ular jiddiy tahdidga aylanishidan ancha oldin" yo‘q qilgan.