Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yamandagi janglarda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Yamandagi janglarda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Yamanda Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

AFP ma’lumotiga ko‘ra, bir necha soat davom etgan janglarda hukumat kuchlarining 26 nafar harbiysi va husiylarning 31 nafar jangarisi halok bo‘lgan.

Shuningdek, hukumat kuchlari nazoratidagi Taiz shahrida yo‘lovchilar bo‘lgan avtobusga raketa zarbasi berilishi oqibatida olti nafar tinch aholi vafot etgan, yana yetti kishi jarohatlangan.

Shu tariqa, manbalar ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafardan oshgan.

Kiritildi: 18:13 06.09.2026. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!