Saudiya Arabistoni aviasiyasi Yaman poytaxti Sanodagi prezident majmuasi hududida joylashgan husiylarning harbiy bazasiga zarbalar berdi.
Bu haqda RIA Novosti Yaman hukumatidagi manbaga tayanib xabar qildi.
"Saudiya aviasiyasi Sano janubidagi prezident majmuasi hududida joylashgan "An-Nahdayn" harbiy lageriga zarbalar berdi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Sentyabr oyida a’zolari husiylar nomi bilan tanilgan Yamandagi "Ansor Alloh" harakati o‘z pozisiyalarini mustahkamlagan edi.