Bu haqda Yaman hukumati va husiylar vakillariga tayanib, ABC News xabar berdi.
Katta va Kichik Hanesh orollarining egallanishi Yaman hukumati harbiylari husiylarga qarshi hujumga tayyorlanayotgan bir paytda yuz berdi. Bu orqali husiylar Bob al-Mandab bo‘g‘ozi atrofida o‘z nazoratini yanada kuchaytirdi.
Qayd etish joizki, Saudiya Arabistoni uchun mazkur bo‘g‘oz neft eksportida Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil dengiz yo‘li hisoblanadi. Husiylarning yangi yutuqlari ularga Saudiya Arabistonining Qizil dengiz orqali tashiladigan neft yuklariga tahdid solish imkonini yanada oshiradi. Shuningdek, vaziyat global neft ta’minoti va narxlariga ham ta’sir qiladi. Bu, o‘z navbatida, husiylarni qo‘llab-quvvatlaydigan Eronga AQSh bilan urushda ustunlik berishi mumkin.
Orollarning egallanishi husiylar o‘tgan hafta Moxa port shahrini va Bob al-Mandab bo‘g‘ozida joylashgan Mayun orolini egallaganidan keyin yuz berdi. Harbiy manbalarga ko‘ra, husiylar Qizil dengizning janubidagi Zuqar orolini ham raketa zarbalari va qayiqlar yordamida uyushtirilgan quruqlikdagi hujum natijasida nazoratiga olgan.
Husiylar Bob al-Mandabdan 160 kilometr shimolda joylashgan Hanesh orollariga jangchilarini joylashtirgan. Orollarning egallanishi husiylar o‘tgan hafta Moxa port shahrini va Bob al-Mandab bo‘g‘ozida joylashgan Mayun orolini egallaganidan keyin yuz berdi. Harbiy manbalarga ko‘ra, husiylar Qizil dengizning janubidagi Zuqar orolini ham raketa zarbalari va qayiqlar yordamida uyushtirilgan quruqlikdagi hujum natijasida nazoratiga olgan.
Husiylarning oldinga siljishi natijasida ularning nazorati ostidagi hudud Bob al-Mandab bo‘g‘ozining narigi tomonidagi Jibuti davlatida joylashgan AQSh harbiy bazasi orasidagi masofa atigi 32 kilometrni tashkil etmoqda. Husiylar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumati kuchlarining deyarli qarshiligisiz orollarni egallab olmoqda.