Husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi aeroportiga uch marta hujum qilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, harakat Saudiya Arabistonining Dammam shahri aeroporti va Saudi Aramco neft kompaniyasi ob’ektlariga zarbalar bergani haqida xabar berdi, biroq Saudiya Arabistoni rasmiylari bu hujumlarni hozircha tasdiqlamadi.
Avvalroq, Yaman husiylari Saudiya Arabistoni poytaxtidagi aeroportga hujum qildi, 12 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.