Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaman hukumati husiylarga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlashni rejalashtirmoqda

Yaman hukumati husiylarga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlashni rejalashtirmoqda

Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumati Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarga qarshi yirik harbiy operasiya boshlashini ma’lum qildi.

Prezidentlik rahbarlik kengashi a’zosi Rashad al-Alimiyning aytishicha, rejalashtirilayotgan operasiyalar mamlakatdagi barcha faol front chiziqlarini qamrab oladi. Asosiy maqsad — husiylar nazoratidagi hududlarni qayta egallash.

Al-Alimiy harbiy kuchlarga mamlakat «ozod qilinmaguncha» hujumni davom ettirish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi.

U husiylarni deeskalasiya harakatlariga javoban qurollanishda davom etishda, tinch aholi, davlat muassasalari, qo‘shni davlatlar va xalqaro dengiz yo‘llariga hujum qilishda aybladi.

Yamanda raqib tomonlar so‘nggi bir necha haftada yana og‘ir janglarga kirishgan. Husiylar keyingi paytda qo‘shni Saudiya Arabistonidagi nishonlarga ham hujumlarni kuchaytirgan.

Husiylarning aytishicha, ular Qizil dengizdagi Bob-el-Mandab bo‘g‘ozi orqali Saudiya neft tankerlarining o‘tishiga to‘sqinlik qilish va shu orqali neft eksportini qiyinlashtirishni maqsad qilmoqda.

Saudiya Arabistoni esa xalqaro tan olingan Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda va husiylar pozisiyalariga zarbalar bermoqda.

Kiritildi: 19:51 05.10.2026. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!