Qozog‘istonning Kulali oroli yaqinida suv sathining pasayishi natijasida yangi orol paydo bo‘ldi. Mutaxassislar buni Kaspiy dengizidagi ekologik o‘zgarishlardan biri sifatida baholamoqda.
📉 Ma’lumotlarga ko‘ra, 1996–2025 yillarda Kaspiyning shimoliy hududida suv sathi taxminan 2,45 metrga pasaygan. So‘nggi 4–5 yilda bu hududda bir nechta yangi orol paydo bo‘lgan.
Suv sathining pasayishi tyulenlar va osyotr baliqlarining yashash muhitiga, baliqchilikka, portlar va kemalar qatnoviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Olimlar Kaspiy dengizining Orol dengizi kabi butunlay yo‘qolib ketishini kutmayapti. Biroq sayoz shimoliy qismlarda katta hududlar quruqlikka aylanishi mumkin.