Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi tufayli Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti pasaymoqda

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi tufayli Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti pasaymoqda

Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

XVJ prognoziga ko‘ra, joriy yilda mintaqaning Yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 0,3 foizga qisqaradi. Bu aprel oyida kutilgan 1,9 foizlik iqtisodiy o‘sish prognozidan keskin farqlanadi. Jamg‘arma prognozning pasayishini Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuk tashish uzoq vaqt davomida to‘xtab qolgani bilan izohladi. Tinchlik davrida ushbu bo‘g‘oz orqali xalqaro neft hajmining qariyb beshdan bir qismi tashilgan.

Kuvayt, Iroq va Qatar iqtisodiyoti eng katta qisqarishga duch kelishi kutilmoqda. Ularning yalpi ichki mahsuloti mos ravishda 16,7 foiz, 16 foiz va 15,6 foizga kamayishi prognoz qilingan. Bahrayn iqtisodiyoti 11,3 foizga, Eron iqtisodiyoti esa 7,6 foizga qisqarishi mumkin.

Sharq–G‘arb neft quvuri orqali eksport hajmini oshirgan Saudiya Arabistoni energetika sohasiga yetkazilgan zararni qisman qoplashga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti 3,3 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Mintaqada eng yuqori iqtisodiy o‘sish Qirg‘izistonda kuzatilishi mumkin. XVJ bu mamlakatda YAIM 9 foizga o‘sishini prognoz qilgan. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo 2026 yilda iqtisodiy pasayish kutilayotgan yagona mintaqa hisoblanadi.

Boshqa mintaqalarda esa iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda. Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 5,1 foizga, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlari 4,5 foizga, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari esa 2,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti – AQSh va Xitoy iqtisodiyoti mos ravishda 2,3 foiz va 4,5 foizga, Yevrohudud iqtisodiyoti esa 1,1 foizga o‘sishi mumkin.

Kiritildi: 19:12 13.10.2026. O'qildi: 2690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!