Lamin Yamalnnig ajoyib o‘yinlaridan keyin uning ismi tushirilgan liboslar rekord darajada sotilgan.
Insayder Migel Rikoning so‘zlariga ko‘ra, Yamalning Nike formasi klub tarixida bir kun ichida eng ko‘p sotilgan libosga aylandi. Savdo 24 soat ichida 2.1 million yevroni tashkil etdi. Yamal nafaqat maydonda balki maydondan tashqarida ham jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan.
Ma’lumot o‘rnida, Yamal joriy mavsum «Barselona» safida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda 17 ta gol va 25 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portali 17 yoshli vingerning qiymatini 180 million yevroga baholagan.