Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Yamal yoki Mbappe emas: La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi tanlandi

Yamal yoki Mbappe emas: La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi tanlandi

The Athletic nashri La Liganing joriy mavsumidagi eng yaxshi o‘yinchini aniqladi. Ushbu e’tirofga «Barselona» darvozaboni Joan Garsiya loyiq deb topildi, u jamoasining chempionatda ishonchli g‘alaba qozonishida muhim o‘rin tutdi.

25 yoshli darvozabon uchun bu «ko‘k-anorranglilar» safidagi birinchi mavsumdir. Joan Garsiya «Barselona»ga o‘tgan yilning yozida «Espanyol»dan 25 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ispaniyalik posbon Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

So‘nggi tur oldidan kataloniyalilar turnir jadvalida Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugun «Barsa» joriy mavsumdagi so‘nggi bahsida «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 09:53. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!