Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yamal Ronaldudan ilhomlanayotganini tan oldi

Yamal Ronaldudan ilhomlanayotganini tan oldi

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Krishtianu Ronaldudan namuna olayotganini aytdi.

Avvalroq, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi hujumchisi, shuningdek Diyego Maradona nomidagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.

"Krishtianu Ronaldu singari futbolchilar o‘z maqsadlariga erishdilar, chunki ular o‘zlari bo‘lib qolishni xohlagan va o‘zlarini boshqalar bilan solishtirishdan qochganlar," dedi Yamal.

U o‘zini hech kim bilan solishtirishni istamasligini va o‘z yo‘lidan borishni rejalashtirganini ta’kidladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Yamal 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 13:47. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!