«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal 20 yoshga to‘lmasdan Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi rekordiga yaqinlashdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi «Alaves»ga qarshi o‘yinda (6:1) dubl qayd etib, La Ligadagi gollari sonini 40 taga yetkazdi.
Stats Foot ma’lumotiga ko‘ra, Yamal so‘nggi 30 yilda 20 yoshga to‘lmagan futbolchilar orasida Maykl Ouen bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Rekord hozircha Kilian Mbappega tegishli. Fransiyalik hujumchi 20 yoshigacha 41 ta gol urgan. Yamal 2027 yil iyulidagina 20 yoshga to‘lishi sababli, ushbu natijani yangilash uchun yetarlicha vaqtga ega.
Qizig‘i, Ouen 22 yoshida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Yamal esa 18 va 19 yoshida ushbu sovrin uchun ovoz berishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. Mbappe hozircha bu mukofotga sazovor bo‘lmagan.