Lamin Yamal ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urdi.
"Barselona" vingeri La Liga 36-turidan o‘rin olgan "Espanyol"ga (2:0) qarshi o‘yinning 53-daqiqasida hisobni ochdi. U jarima maydoni tashqarisidan darvoza to‘qqizligiga zarba berib, gol urdi. 95-daqiqada Yamal Fermina Lopesning goliga assistentlik qildi.
17 yoshli futbolchi joriy mavsum klub va Ispaniya terma jamoasi safida 18 ta gol urishga ulgurdi. Shuningdek, uning hisobida 22 ta golli uzatma bor.