Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

13 iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolaridan birining tashqi qismida (fasadida) yong‘in yuz berdi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qilishicha, bugun, 13 iyun kuni soat 10:21 da Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasadi) yonayotgani haqida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da voqea joyiga yetib borgan va hozirda yong‘inni o‘chirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, xavfsizlik choralari doirasida ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni evakuasiya qilish ishlari tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!