Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Yakka tartibdagi tadbirkor nechta xodim yollashi mumkin?

A A A
Yakka tartibdagi tadbirkor nechta xodim yollashi mumkin?

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.

Yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari uchun ijtimoiy soliq to‘lashi va JSHODS hisobotini taqdim etishi shartmi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlari bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHODS)ni hisoblab chiqadi va to‘laydi hamda har oyda 15-sanadan kechiktirmay JSHODS hisobotini taqdim etadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliq ham to‘laydi:

▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari – 165 000 so‘m;

▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

Yakka tartibdagi tadbirkor nogironigi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlasa, imtiyoz beriladimi?

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JSHODSdan ozod qilinadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Kiritildi: 10:39 06.07.2023. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!