Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Dunyoning eng xavfli aeroportini bilasizmi?

Dunyoning eng xavfli aeroportini bilasizmi?

Nepalning Lukla shahridagi aeroport yana bir bor dunyodagi eng xavfli aeroportlardan biri deb topildi. Bunga uning uchish-qo‘nish yo‘lagi juda qisqaligi, atrofini tog‘lar o‘rab turgani va ob-havoning kutilmaganda o‘zgarishi sabab bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Lukladagi Tenzing Hillari aeroporti (LUA) dengiz sathidan 2844 metr balandlikda joylashgan. Bu yerdagi uchish-qo‘nish yo‘lagining o‘lchamlari uchuvchilarga juda katta qiyinchilik tug‘diradi: yo‘lakning eni atigi 20 metr, uzunligi esa bor-yo‘g‘i 527 metrni tashkil qiladi. Solishtirish uchun, oddiy aeroportlarning yo‘lagi odatda 3000 metr atrofida bo‘ladi.

Bundan tashqari, yo‘lak 12 foizli tik nishablikka ega. Bu samolyotlar qo‘nayotganda tezroq sekinlashishiga va yo‘lak tugaguncha to‘xtashiga yordam beradi. Aviation Safety Network ma’lumotlariga ko‘ra, 2004 yildan buyon ushbu aeroportda 56 ta o‘lim bilan bog‘liq hodisa va 7 ta halokatli avariya yuz bergan.

Lukla aeroportida faqat eng tajribali uchuvchilar ishlashi mumkin. Nepal aviasiya rasmiylari buning uchun juda qattiq talablar qo‘ygan.

Agar ob-havo tufayli reyslar bekor qilinsa, sayyohlarda bir nechta variant qoladi: ular yoki qo‘shni Mantali aeroportiga uchishi, yoki Jiri va Salleri qishloqlaridan Luklagacha piyoda borishi kerak bo‘ladi

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!