Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

8 iyun kuni Istanbul shahri Fotih tumani Laleli mavzesidagi Istanbul universiteti tramvay bekatida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Muhammad M.M. vafot etdi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, vafot etgan fuqaro ota-ona va yaqinlari bilan birga Turkiyaga sayyoh sifatida kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan fuqaro tramvaydan tushganidan so‘ng bekat va tramvay relslari oralig‘ida qisilib qolgan hamda transport vositasining harakatlanishi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi hamda zarur konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish choralarini ko‘rayotganini qayd etdi.

«Istanbul shahrining megapolis sifatida yo‘l-transport infratuzilmasi va jamoat transporti serqatnovligini inobatga olgan holda,voyaga yetmagan farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmaslikni va ularning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etamiz», — deyiladi idora xabarida.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!