Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Fabio Kannavaro: «Bugun himoyadagi xatolardan ko‘ra jamoadagi ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim»

Fabio Kannavaro: «Bugun himoyadagi xatolardan ko‘ra jamoadagi ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Niderlandiyaga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi o‘yin haqida:
— Menimcha, biz ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rsata oldik. Hisob 1:0 bo‘lganidan keyin ham maydondagi tartib va «liniya»ni yo‘qotmadik. Jamoa bo‘lib harakat qilishda davom etdik va oxirigacha kurashdik.

Bunday darajadagi milliy jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq jamoam o‘yinida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim.

Bizga aynan shunday o‘yinlar kerak. Chunki bunday raqiblarga qarshi maydonga tushganingizda doimo nimanidir o‘rganasiz va tajriba orttirasiz.

Umuman olganda, uchrashuvdan mamnunman.

— Himoyadagi o‘yin haqida:

— Futbolni xatolarsiz o‘ynab bo‘lmaydi. Bu mutlaqo normal holat. Bizning vazifamiz futbolchilarga shunday xatolar sonini imkon qadar kamaytirishda yordam berishdir.

Lekin rostini aytsam, men himoyadagi xatolardan ko‘ra ijobiy jihatlarni ko‘proq ko‘rdim.

— Futbolchilarning holati haqida:

— Tayyorgarlikni bir oydan ham ko‘proq vaqt oldin boshlaganmiz, legioner futbolchilarimiz esa keyinroq jamoaga qo‘shildi.

Shunga qaramay, jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi ish olib borganimizga ishonaman. Albatta, ayrim futbolchilar bilan bog‘liq hali hal etishimiz kerak bo‘lgan masalalar ham bor va biz ular ustida ishlashda davom etamiz.

Kiritildi: Bugun 07:01. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!