O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Nyu-York shahridagi “Icahn” stadionida o‘tkazilgan bahsda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvda ishtirok etish uchun stadionga yetib kelgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari AQSh xavfsizlik xodimlari tomonidan alohida tekshirildi. ESPN telekanali tomonidan e’lon qilingan videoda jamoa avtobusidan tushayotgan murabbiylar shtabi va futbolchilar metal detektorlar hamda xizmat itlari tomonidan obdan tekshirilayotganini ko‘rish mumkin.
😳🐕REGISTRO SUPER ESTRICTO HASTA CON PERROS
— ESPN Centroamérica (@ESPN_CENAM) June 8, 2026
Así fue el protocolo de seguridad con la Selección de Uzbekistán previo al amistoso contra Países Bajos en Estados Unidos.🇺🇿 pic.twitter.com/D1SzMEYZcP