Samarqandda ayol o‘z vasiyligidagi 7 nafar nevarasiga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 7 nafar bolaning huquqlari buzilayotgani haqida videoxabar tarqalgandi. Vaziyatni bolalar ombudsmanining Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Aniqlanishicha, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 61 yoshli ayol B.M o‘z vasiyligida bo‘lgan 7 nafar voyaga yetmagan bolaga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgan.
Bolalar ombudmanining IIV ga so‘rovi asosida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga himoya orderi taqdim etildi. Mintaqaviy vakil sayi-harakatlari bilan fuqaro B.M.ning bolalarga vasiyligi bekor qilinib, ular oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi.
Hozirda bolalarga nisbatan noqonuniy harakatlar yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.