Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina Roman Abramovichning mablag‘larini harbiy ehtiyojlarga yo‘naltirmoqchi

Ukraina Roman Abramovichning mablag‘larini harbiy ehtiyojlarga yo‘naltirmoqchi

Vladimir Zelenskiy rossiyalik biznesmen Roman Abramovichning Londonning "Chelsi" futbol klubini sotishdan tushgan mablag‘larini Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish uchun ishlatishni taklif qilmoqda, deb yozmoqda Britaniyaning The Guardian nashri.

Nashrga bergan intervyusida Zelenskiy klubni sotishdan olingan 2,4 milliard funt sterling taqdirini Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan muhokama qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘larning bir qismiga AQShdan Kiyev uchun qo‘shimcha raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish mumkin bo‘lardi.

Rossiya Kiyevga nisbatan urush boshlaganidan so‘ng, Britaniya hukumati Vladimir Putin bilan aloqalari uchun sanksiyalar ostida qolgan Abramovichga "Chelsi"ni sotishga ruxsat bergan edi — buning evaziga sotuvdan tushgan mablag‘ Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlarga yordam beruvchi xayriya tashkilotlariga o‘tkazilishi shart edi.

Klub sotilgach, mablag‘lar maxsus bank hisobiga o‘tkazilgan va Ukrainadagi jabrlanuvchilarga keyinchalik o‘tkazish uchun muzlatib qo‘yilgan. Biroq, ushbu mablag‘lar taqdiri hamon huquqiy bahslar mavzusi bo‘lib qolmoqda.

Abramovich ularni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni imzolashni rad etyapti va bunga javoban o‘ziga nisbatan tergovlarni to‘xtatishni hamda boshqa aktivlaridagi cheklovlarni olib tashlashni talab qilyapti. Britaniya rasmiylari esa rossiyalik biznesmenni sud bilan tahdid qilmoqda, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!