Ularning barcha buyumlari va hujjatlari birma-bir tekshirildi, metallodetektorlardan foydalanildi.
Jahon chempionatiga kelayotgan sportchilar aeroportda giyohvand moddalarni hidlovchi itlar bilan kutib olinib, metall detektorlardan o‘tishga majbur qilindi.
Jahon chempionatiga kelgan boshqa ishtirokchilar ham Amerikaning "mehmondo‘stligi"ni boshdan kechirishdi.
Avvalroq, Senegal va Iroq terma jamoalari ham alohida sinchkovlik bilan tekshirilgan edi. Buning ortidan amerikaliklar boshqa mamlakat vakillarini atayin kamsitishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga Eron terma jamoasi ham tashrif buyuradi. Biroq ularga AQShda tunab qolish taqiqlandi, o‘yinlar o‘tkazilgandan so‘ng ular Meksikadagi bazalariga qaytishga majbur bo‘lishadi.
Delegasiyaning o‘ndan ortiq a’zosi va terma jamoaning rasmiy shaxslari esa AQShga kirish uchun ruxsatnoma olishmadi.