Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

YAIMni aholi jon boshiga 4 686 dollarga yetkazish ko‘zda tutilyapti

YAIMni aholi jon boshiga 4 686 dollarga yetkazish ko‘zda tutilyapti

O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 2026 yilda 6,6 foizga oshib, aholi jon boshiga 4686 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu haqda Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan «2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi mu=okamasida ma’lum iilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, bunda o‘sish sur’atlari sanoatda 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,2 foiz, bozor xizmatlarida 14,5 foiz, qurilishda 10,2 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Inflyasiya darajasining ko‘rsatkichi kamayishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2026 yilda konsolidasiyalashgan budjet daromadlari prognozi 515,4 trln so‘m, xarajatlari prognozi 567 trln so‘m miqdorida, konsolidasiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz, tashqi qarzning cheklangan hajmi joriy yilga nisbatan kamayib, 5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilash ko‘zda tutilgan.

Majlisda siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari eshitilib, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yakuni bilan respublika yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 454,6 trln so‘mdan 1 535,4 trln so‘m (80,9 trln so‘m)ga yoki 5,6 foizga ortgan. YAIM AQSh dollari hisobida 115,0 mlrd dollardan 121,4 mlrd dollarga etdi (aholi jon boshiga YAIM hajmi 41,3 mln so‘m).

Kiritildi: Bugun 14:13. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!