Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron Qurolli kuchlarining elit bo‘linmasi) Isroil va AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga qarshi "Haqiqiy va’da-4" operasiyasining 30-bosqichini e’lon qildi.
Operasiya tafsilotlari Eron davlat televideniyesi tomonidan e’lon qilindi.
"Operasiyaning 30-bosqichi Fattoh gipertovushli raketalari va Xorramshahr-4 va "Xeybar" o‘ta og‘ir raketalari yordamida amalga oshirildi", deyiladi bayonotda.
IIQK otilgan barcha raketalar mo‘ljallangan nishonlarga tegib ketganini da’vo qilmoqda.